O‘zbek kinochilari “Uring jonim, uring!” nomli “g‘ayritabiiy komediya” suratga oldi
Yosh o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan “Uring jonim, uring!” nomli film suratga olindi. Mazkur filmning ssenariy muallifi ham, rejissori ham Qodir Usmonov, debxabar beradi “Uz24.uz”.
Qodir Usmonovning debyut ishi hisoblangan filmda aktyorlardan Muhammadiso Abdulhayirov, Sevara Soliyeva, Tolib Mo‘minov, Nargiza Abdullayeva, Ma’mur Sultonovlar rol ijro etgan.
Popcorn.uz nashri yozishicha, “g‘ayritabiiy komediya” yo‘nalishida yaratilgan filmda atrofdagilarni dilini og‘ritib, xafa qilib, baxtga erishib bo‘lmasligi, yaqin insonlarni har doim qadriga yetish lozimligi komediya orqali ko‘rsatib berilgan.
“Uring jonim, uring!” kartinasining premyerasi 13-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Категория: Shou-Biznes
Комментарии пользователей