Главная » 2015 » Июнь » 12 » Britaniyalik aktyor Kristofer Li vafot etdi

Britaniyalik aktyor Kristofer Li vafot etdi

  • Добавил: Admin
  • Дата: 26.06.2025
  • Комментариев: 0
  • Просмотров: 695

Londonda aktyor Kristofer Li 93 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Meduza. Li 7-iyun kuni London g‘arbidagi shifoxonada vafot etgan, biroq bu haqidagi xabar endigina ma’lum bo‘ldi.

Aktyor tonggi soat 8:30 da Londondagi Chelsi va Vestminster shifoxonasida vafot etgan. U oxirgi uch hafta davomida nafas olish bilan bog‘liq muammolar va yuragidagi shikoyatlar tufayli davolanayotgan bo‘lgan.

Kristofer Li o‘z faoliyati davomida 250 dan ortiq rol ijro etgan. Ulardan eng mashhurlari — “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” trilogiyalaridagi Saruman hamda “Yulduzli janglar”ning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi graf Duku rollaridir.


Комментарии пользователей

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Введите код: *
Хостинг от uCoz