Èíôîðìåð òóò áóäåò
Главная » 2015 » Июнь » 01 » " Tutqun " birinchi qism.
20:57
" Tutqun " birinchi qism.

" O'ylashimcha meni bu yerga bejizga olib kelishmagan ko'rinadi, nazarimda bu yerda tajriba quyonchasiga aylanaman, men bu yerda tutqunman, chunki mening xotiramdagi ma'lumotlar bilan dunyoni o'zgartirib yuborish mumkin! "
Owen shunday hayollari og'ushida, egniga ruhiy hastalar libosi kiydirilib, xona markazidagi stulga majburan o'tkazilib qo'yilgan odamdek, derazalariga ham temirdan panjara qo'yilgan xonada, mayusgina derazadan ko'rinib turgan quyoshga razm solib o'tirar edi. Oynadan tushayotgan quyosh nuri ta'sirida uning yuzlari biroz burishib ketdi va yana hayolot olamiga cho'mdi.
" Huddi quyoshga tik boqib bo'lmaganidek, dunyo haqiqatlariga ham tik boqib bo'lmaydi, biroq unga ko'z yumish ham mumkin emas. Nega meni keraksiz matoxdek bu yerga uloqtirishdi bilmayman, biroq meni axvolga solganlarning barchasiga aytar javobim bir, mendan extiyot bo'linglar, chunki istalgan vaqtda sizning yoningizda bo'lishim mumkin... "
- Hayirli kun Owen! ( Bu ovozdan Owenning hayoli buzildi )
- Tushunmadim, kunning nimasi hayirlik?
- Shunchaki hayotdan zavq olib yashashni o'rgan, bundan
o'zgacharoq bo'lishi ham mumkin edi!
- Bu holatni taxmin qilmagan edim,
o'ldirishlari ham mumkinku, lekin bu yer o'limdan ham ko'ra azobliroq!
- Bilaman, bunga ko'nikish oson bo'lmaydi, sen haqingdagi barcha ma'lumotlar yo'q qilingan, sen hechkimsan va ortiq bu dunyoda mavjud emassan!
Owenning ortida turgan notanish suhbatdoshning kim ekaniga, Owen shu qadar oshiqar ediki, bu holatni uning harakatlaridan ham faxmlash mumkin edi. Chunki Owen uni stulga
bog'lab qo'yishganiga ham qaramay ortiga o'girilib qarashga urinmoqda, notanish kimsa allaqachon xonani
tark etgan edi. Bu suhbat natijasida aniqlik kiritib olish zarur bo'lgan masalalarning bir nechtasiga aniqlik kiritib olindi, biroq Owenning hayolida charx urib aylanayotgan faqatgina bir savolga hech kim javob bera olmaydi,
" Nega men bu yerdaman? " hozircha bu savolga hattoki men ham javob bera olmayman, darhaqiqat nega Owenni
ruhiy hastalar shifoxonasiga tashlashdi? Ahir uning miyyasida dunyoni o'zgartirib yuborishga qodir ma'lumot borku! Aftidan uni bu yerga joylaganlar bunday bo'lishini xoxlamaydilar, tag'in bilmadim, nima
bo'lganda bunday yo'l tutilishi Owen uchun nohaqlik sanaladi. Owen aslida kim hozircha mana shu savolga aniqlik kiritib olsak, u Markaziy Razvedka Xizmati ( MRX )ning eng ko'zga ko'ringan xodimlaridan biri edi.
Bu vaqtda Terorizmga Qarshi Kurash ( TQK ) xizmatining binosida joylashgan to'rt nafar agent ham o'zaro suhbatlashmoqda.
- Uni qayerda ekanini aniqlay oldingmi?
- Afsuski yo'q!
- Qolganlarda nima yangilik?
- Bizda ham shu ahvol janob, uni qidirmoqdamiz!
- Qidiryabsiz, lekin hech vaqoni aniqlay olmadingiz!
- Janob bizga biroz fursat bering!
- Men kutaveraman, biroq dunyo kutib tura olmaydi tezroq aniqlanglar, qolaversa uni qidirayotganlar faqat biz emasmiz!
- Ho'b bo'ladi!
Ularning suhbatidan bir narsani ya'ni Owenni qidirayotganlar soni ko'p ekanini faxmlash mumkin edi.
- Janob uni topdik!
- Qayerda?
- Shahar chetidagi ruhiy hastalar shifoxonasida!
- Ishonching komilmi?
- Albatta, videokameralardagi
yozuvlarni ko'rdim, bu o'sha 90% o'xshashlik mavjud!
- Yo'lga chiqamiz!
Ular shu tariqa yo'lga otlanishdi, bu yurish qanday maqsad yo'lida amalga oshirilmoqda bilmaymanu, ammo juda
sirli ekani turgan gap, chunki ortiqcha odam bu operatsiyaga jalb etilmadi, faqatgina to'rt kishidan tashkil topgan maxsus guruh. Shu yerda bir savol tug'ulishi mumkin, Owen ularga qanday maqsad uchun kerak? Bu savolga hozircha men ham javob bera olmayman, faqat sizlar bilan birgalikda voqealar rivojini kuzatishim mumkin.
Oradan yigirma daqiqa o'tar - o'tmas, shifoxona yaqiniga qora rangdagi maxsus xizmat mashinasi kelib to'xtadi hamda uning ichidan uch nafar yuzlariga niqob taqib, yaxshi qurollangan kimsalar tushdilar. Zum o'tmay ular bino ichiga bostirib kira boshladilar, ular har bir xonani obdon tekshira boshladilar.
Bu vaqtda Owen ham bandi etilganxonasida bino ichidagi g'ala -
g'ovurlarga e'tibor qaratib o'zicha hulosa chiqarib o'tirar edi.
" Nazarimda huzurimga yangi talabgorlar kelganga o'xshaydi, ovozlarga qaraganda ular jiddiy yigitlar, qiziq ular mendan nima istashadi? Siz nima deysiz ustoz? "
Owen shunday deya xonaning shiftiga yuzlandi.
- Ha to'g'ri, ular bilan o'chakishmagan maqul, fikringizga qo'shilaman ustoz!
Bu orada uning ortida joylashgan eshik ham zarb bilan ochildi, ular bir - birlariga " Ketdik - ketdik, tezroq, tezroq " deya so'zlamoqdalar, ichkariga niqoblangan o'sha uch nafar kimsa kira boshladi...
Davomi bor!!!

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 972 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Введите код: *
Хостинг от uCoz