Èíôîðìåð òóò áóäåò
Главная » 2015 » Июнь » 05 » Telfon (Hikoya)
12:14
Telfon (Hikoya)

Yigit- Allo...

Qiz- Tinchlikmi?

Yigit- Nima tinchlikmi?

Qiz- Kechasi soat ikki yarimda telefon qilayapsiz?

Yigit- Baribir uxlamayapsanku

Qiz- Ha, lekin uxlashim mumkin edi

Yigit- mumkin edi….

Qiz- Nega qöng'iroq qildiz?

Yigit- Senda birgina savol… Menda bölsa qancha javobsiz qolgan savollar bor, bilasanmi?

Qiz- Bilishni xohlamayman... 

Yigit- Qaysar!

 Qiz- hammasiga meni ayblamang.

Endi kech, hammasi tugagan…

Yigit- Lekin sen hozir ovozimni eshitishni xohlayotganding…

Qiz- umuman unaqa emas. Qayerdan oldiz bu gapni?

Yigit- O`zing xohlamaganingda va notanish raqamdan qo`ng`iroq bölsa ko`tarmasdingku.

Qiz- Hammasi o`zgargan…

Yigit- Sen o`zgarmaysan, saqichni qo`y.

Qiz- hali chaynamadimu

Yigit- Qo`y dedim!

Qiz- qo`ydim...

Yigit- Meni unutish uchun qilgan hamma harakatlaring bekor ketdi, shunaqami?

Qiz- Siz menga azob berish uchun telefon qildizmi?

Yigit- Savolga savol bilan javob berishing… savolga javob ber?

Qiz- …. Ha

Yigit- Hozir nimani xohlayapsan?

Qiz- Nima farqi bor endi…. Baribir iloji yo`q

Yigit- Aniqmi?

Qiz- tiniq..

Yigit- Derazangni och!

Qiz- ochdim

Yigit- ko`rmayapsanmi?

 Qiz- a? voy…  nega?

Yigit- Nega…nega keldimmi? Seni ovozingni eshitgim, yuz- ko`zingni ko`rgim keldi… Iforingni sog`indim… Bilasanmi, ikki oy oldingi suhbatimiz, bu ahmoqona xato edi. Senig aybing yo`q edi, aksincha, hammasi meni aybim bilan böldi… Buni tan olaman. Negaki sen mening borlig`imsan, hayotim mazmunisan. Sensiz men hech kimman.

Qiz-... Yig'lab yuboradi

 Yigit- Nega yig`layapsan?

Qiz- Sog`indim…

Yigit- Bu yoshlar “sog`indim”dan ko`proq…

Qiz- to`g`ri...

Yigit- Meni kechir... Yoningga qaytishimga ruhsat ber

Qiz- Sizdan qochib qayoqqa ham ketardim…

 Yigit- Tabassumingni sog`ingandim….

Qiz- Nega oldinroq kelmadiz?

Yigit- Yoningga yo`latmas eding.

Qiz- qayerdan bilasiz, balki….

Yigit- Men hamma narsani bilaman. Ayniqsa seni.

Qiz- Nima men sizga kino yoki kitobmanmi

 Yigit- yöq, shunchaki meni hayolim har doim senda.

Qiz- ... :)

Yigit- Endi kirib yot, boshqa hech qachon ketmayman yoningdan.

Qiz- haydasamchi?

Yigit- haydasang ham :)

Qiz- Sizni sevaman...

Yigit- Men esa seni….

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 733 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Введите код: *
Хостинг от uCoz