Telefonga yugurar qo‘lim,
Sensizlikka chidolmayapman.
Tushun axir yolg‘izlik o‘lim,
Sog‘inchlarni haydolmayapman.
Telefonga yugurar qo‘lim,
Kelishingni kutolmayapman.
Tanish raqam, takrorlar tilim,
Dil zahrini yutolmayapman.
Seni sevdim, dunyodan kechib,
Seni sevdim, alamlar quchib,
Seni sevdim, qasamlar ichib,
Nega ortga qaytolmayapman?
"SMS"lar yozasan kel deb,
Bir umrga yonimda qol deb,
O, sevgilim, dardlarimni ol deb,
Ko‘z yoshlarimni artolmayapman.
Telefonga yugurar qo‘lim,
Tanam titrar terga botgancha,
Uyqum kelmaydi tong otguncha,
Achinarli bu xasta holim.
Hech kimga dard aytolmayapman,
Nimadandir bezovta ko‘nglim.
Gumonlarni haydolmayapman,
Telefonga yugurar qo‘lim...
|