Èíôîðìåð òóò áóäåò
Главная » 2015 » Июнь » 01 » " Shayton dara "
20:55
" Shayton dara "

Ilohiy ruh tanadagi dard hamda o'y hayolot tiriklik ramzi, biroq tirik murdadan farqim yo'q. Tirikman yashayabman, lekin kim uchun? Nima uchun? Kabi telba savollarimga jo'yali
javob topa olmayman. Kimnidir yurakdan orziqib kutaman, nimagadir
tashnaman, meni intiq etgan o'sha kimnidir, o'sha nimanidir, qachon? Qayerda? Qay holatda? Uchrataman buni bilmayman. Tunlarning ayovsiz taqiblariga dosh berib, adosiz yo'llarda holsizlanib yuribman, menga yordam zarur, biroq hozir kim ham o'z ishidan oshinib menga yordam qo'lini cho'za oladi? Qanchalar hudbinmiz, har nimadan ham ko'ra o'zimizni va o'z ishimizni ustun qo'yamiz, go'yoki bu dunyoda bizdanda muhim odam yo'qdek.
Suhbatdoshimning bu kabi jumlalari meni tobora hayratga solib turgan bir vaqtda o'zimdan shu qadar nafratlanib ketdimki buni so'z bilan ifodalab bera olmayman. Darhaqiqat men ham
shunday hudbinlarning biriman, ishni bahona qilib o'zimdan ortmayman, biroq izlagan imkon topadi, izlamagan
bahona deya aytilgan jumlalarni hech ham o'ylab ko'rmagan ekanman. Bugun suhbatdoshimning gaplaridan so'ng mana shu narsalarning mohiyatini tushunib yetdim. Uning ko'rinishi bug'doyrang, ko'zlari ko'm - ko'k, sochlari siyrak, qotmadan kelgan, peshonasida taxminan uch santimetr keladigan chandiq bor, yoshi taxminan 28 lar atrofida, bo'yi esa 160 sm atrofida, egniga ruhiy hastalar libosini kiyib olgan bu suhbatdoshim, ko'rinishidan sog'
odamga o'xshamaydi, gaplaridan esa donishmandga o'xshaydi. Men uchun kutilmagan yana bir tasodif. Uning xikoyasini qanday izohlashni ham
bilmayman... 
- Men uchun hayotdan qadrliroq hech
nima yo'q edi, biroq bu yerga kelganimdan so'ng shuni angladimki, aslida mening hayotim bir chaqaga qimmat ekan. Bunga sabab o'sha " Shayton dara " dagi xodisa bo'lsa kerak, meni bu yerga uloqtirishganidan so'ng, ortimdan birorta inson izlab kelmasa, keraksiz
matoxdek bir chetga uloqtirishsa, bu kimga yoqadi deya ayta olasiz?
- Albatta hech kimga!
- Meni avf etadilar, gapni ham cho'zib
yubordim,

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1017 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Введите код: *
Хостинг от uCoz