16:13 Qanday qilib internetda vazifa bajarish orqali pul ishlash mumkin? |
Internetda pul topish mavzusi hozirda juda qizg`inligini ko`rib va bizga tushayotgan savollarni inobatga olgan holda, biz kichik bir izlanish olib borib internet orqali haqiqiy daromad topish mumkin bo`lgan saytlarning birini sizga ta’riflab va amalda sinab ko`rishni niyyat qildik. Ushbu maqolani yozishni ancha oldin boshlagan edik ammo endi tayyor bo`lgani uchun sizga taqdim etmoqdamiz. Internet tarmog`i hozirda ma’lumot almashinuvigagina hizmat qilishidan tashqari foydalanuvchilarga daromad topish imkonini ham yaratmoqda. Internet orqali pul ishlashning asosiy ijobiy tomonlari shundaki, foydalanuvchi o`zining asosiy ishidan bo`sh bo`lgan vaqtda uncha qiyin bo`lmagan vazifalarni internet orqali bajarib qo`shimcha daromad topishi mumkin. Internet orqali pul topish yo`llarining juda ko`pligi hammaga ma’lum bo`lsa kerak. Bu, har xil soha mutaxassislaridan tortib oddiy foydalanuvchilargacha, internet orqali pul topish imkonini yaratadi. Albatta to`lov ham shu kabi o`zgarib boradi. Bugun sizni internet orqali pul topish imkoniyatini yaratuvchi bir ajoyib servis bilan tanishtiraman. Unda ishlash uchun sizga xech qanday qo`shimcha bilimlar kerak emas. Faqatgina kompyuterdan foydalanishni bilishingiz, webmoney hisob raqamingiz bo`lsa va rus tilini oz bo`lsa ham tushunsangiz bas. Servisning nomi Liked.ru (http://www.liked.ru) bo`lib u eng mashxur vazifalar birjasi sanaladi. Vazifalar birjasi — bu ishchilar va ish beruvchilar uchun bir birini topish imkonini yaratadi. Birja orqali siz o`zingizga yoqgan har xil turdagi vazifalarni bajarishingiz mumkin. Misol uchun : bir mahsulot haqida ijobiy izoh yozish, har xil saytlarda ro`yxatdan o`tish, ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarga a`zo bo`lish va hokazo. Har bir vazifa uchun vaziga qanchalik qiyinligiga qarab sizga 0,1 rubldan 200 rublgacha pul to`lanadi. Pul sizning servisdagi hisobingizda saqlanadi. Siz istagan vaqtda u pul boshqa hisob raqamga o`tkazishingiz mumkin. Yana bir yaxshi tarafi shuki pul o`tkazmalarida siz pul o`tkazganingiz uchun pul to`lamaysiz, ya’ni foizsiz pul o`tkazmalari mavjud. Minimal pul o`tkazish mablag`i 1 rublni tashkil qiladi. Ya’ni 1 rub pul topgan bo`lsangiz uni istagan vaqtingizda boshqa hisobga o`tkazishingiz mumkin. Saytning dizayni juda o`zgachaligi bilan ajralib turishiga o`zingiz ham guvoh bo`lishingiz mumkin. Saytga a`zo bo`lish ham unchalik qiyin emas.Buning uchun yuqoridagi o`ng menudan registratsiya tanlash lozim. O`sha tugmani bossangiz quyidagi oyna paydo bo`ladi. Kerakli joylarni to`ldirib a`zo bo`lish mumkin. Registratsiyadan o`tganingizdan so`ng sizga barcha vazifalar ro`yxati taqdim etiladi. Ko`rib turibsizki, vazifalar har xil. Istasangiz filtrdan foydalanib o`zingizga yoqadigan vazifalarni bajarishingiz mumkin. Agar quyidagi oyna chiqsa demak siz izlagan ish yo`qligini bilib olishingiz mumkin: Endi servisni tekshirib ko`rish uchun biror vazifani bajarib ko`ramiz. Men o`zimga yoqadigan «Golosovaniye» ovoz berish bo`yicha vazifalarni filtrdan o`tkazdim. Chap tarafda aylana ichida necha pul to`lanishi yozilgan. Shu bo`yicha 1 rubllik vazifani tanladim. Shunday qilib birinchi vazifani oldim va «Vipolnit» bajarish tugmasiga bosdim . So`ng quyidagi vazifa haqida to`liq ma`lumot paydo bo`ldi. Bu yerda quyidagilarga e’tibor bering: Opisaniye — ta’rif. Aynan nima bajarilishi kerakligi yozilgan Vopros proverki — vazifa bajarilganligini tekshiruvchi savol. Vazifani bajarganingizdan so`ng shu savolga javob yozishingiz zarur. Aks holda sizga pul to`lanmaydi Ssilka — ushbu ssilka orqali o`tib aytilgan vazifani bajarishingiz lozim. So`ng «Vipolnit zadaniye» orqali vazifa bajarishni boshlashingiz mumkin. So`ng quyidagi oyna paydo bo`ladi. Unga siz vazifani bajarilganligini tekshiruvchi savolga javobni yozishingiz lozim. Mening vazifamni tekshiruvchi savol «Siz ovoz berganingizdan so`ng Mne nravitsa yonidagi son nechtaligini yozing» edi. Men 165 raqamini yozdim. So`ng Otpravit tugmasini bosdim. Shundan so`ng pul sizga bir necha soniyalardan so`ng yoki bir ikki kun ichida tushishi mumkin. Ish beruvchi tekshirganidan so`ng pul sizning hisobingizga o`tkaziladi. Bu saytga qiziqishda men yana ko`p boshqa vazifalarni bajarib ko`rdim va ozroq bo`lsa ham pul ishlab oldim :) So`ng pulni Webmoney hisob raqamiga o`tkazdim. Ta`kidlash joizki Webmoneyga pul o`tkazmalari 3 kun ichida o`tadi. Shunga shoshilib aldab ketishdi deya hafa bo`lmang! |
|
Всего комментариев: 0 | |