Èíôîðìåð òóò áóäåò
Главная » 2015 » Июнь » 01 » Qanday qilib boy bo’lish
16:14
Qanday qilib boy bo’lish

Bu savol cho’ntagida bir tiyini bo’lmagan kishini ham, boyligi oshib-toshib ketganidan pullarini nima qilishni bilmay turgan kishini ham bir xil o’ylantiradi va qiziqtiradi. Chunki puli bo’lmagan kishi pulga har doim muxtoj bo’ladi, puli ko’p kishi esa hech qachon o’zida yetarlicha pul borligini his qila olmaydi – unga har doim kam bo’lib tuyulaveradi. 

Meni har doim qashshoqlik jarining eng tubidan boylik cho’qqisining eng yuqorisigacha ko’tarila olgan kishilarning “buni qanday uddalaganliklari” qiziqtirib kelgan. Masalan, Bill Geyts yoki boshqa biror dunyodagi eng boy kishilardan birining avval boshida bir dollar ham puli bo’lmaganligini, juda qashshoq yashashganini, keyinchalik esa qandaydir qilib hech kimning hayoliga kelmagan ishni qilish orqali dunyodagi eng boy kishilar qatoridan joy olganliklari haqida eshitganmiz. Men bu haqida ko’p o’ylayman. Agar boy bo’lib ketish shunchalar oson bo’lganda edi hozir butun dunyoni Bill Geytslar bosib ketgan bo’lardi. Demak, dunyoning eng badavlat kishilari hamma bilmaydigan qandaydir bir sirni bilishlari kerak. Men dunyodagi eng badavlat kishilarning qanday qilib shu darajaga erishganliklari haqidagi tasavvurlarim va shu vaqtgacha ular haqida o’qiganlarimdan kelib chiqqan xulosalarimga tayangan holda “qanday qilib boy bo’lish” haqidagi o’zimning tushunchalarimni quyida yozmoqchiman. 
Qanday qilib boy bo’lish haqida o’ylagan vaqtlarimda dunyodagi eng boy kishilarning bugungi darajasiga erishgulariga qadar nima qilganliklariga ko’proq e’tibor qaratganman. Ularning qilgan ishlarini kuzatish davomida shuni angladimki, ular nima ish qilishlaridan qat’iy nazar butun fikrlarini bir joyga jamlab, shu qilayotgan ishiga bor e’tibori bilan yondoshishgan. Ularni bajarayotgan ishlaridan o’yin-kulgu, boshqalarning fikri yoki bajarilayotgan ishga to’sqinlik qilishi mumkin bo’lgan tashqi muhitga umuman e’tibor berishmagan. 
Kimda-kim boy bo’lishni maqsad qilgan bo’lsa, eng birinchi navbatda ortiqcha, keraksiz o’yin-kulguni yig’ishtirib boylik sari olib boradigan ishi – kasbiga jiddiy qarashi va bor e’tiborini jalb qilgan holda ishlashi kerak. Barakaning kelishida harakatning astoyidil bo’lishi muhim o’rin tutadi! 
Boy bo’lish uchun tinimsiz harakat qilishdan keyingi o’rindagi muhim bosqich – bu kishi xulq-atvorining yuksak darajada bo’lishidir. Xulq-atvor boy bo’lishingizdagi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi. Odoblik, tartibli bo’lishning boy bo’lishga nima aloqasi bor, demoqchimisiz? Ko’pchilik endi boy bo’lishni boshlagan tadbirkorlar, ishbilarmonlar hayotlarida aynan mana shu xulq-atvorning bo’lmasligi yoki yetishmasligi sababli endigina boy bo’lishni boshlashgan vaqtlarida, ozgina daromadga erisha olgan vaqtlarida xulq-atvorlarining to’g’ri emasligi sababli yana qashshoqlik sari yuzlanishadi, yoki boy bo’lishning keyingi bosqichlariga chiqa olishmaydi. 
Xulq-atvorning to’g’ri bo’lmasligi – bu ichish-chekishga ruju qo’yish, sayoq yurish, bekorchi ishrat uchun vaqtini bekor sarflash, keraksiz safsatabozlar bilan oshna-og’ayni tutinish… va yana boshqa ko’plab boylikni kesadigan ish-harakatlar bo’lishi mumkin. Alohida misol keltirish shart emas – bu holatlarni Siz ham har kunlik hayotingizda ko’p uchratgansiz. Bir kishi juda qashshoq yashaydi. Keyin nimadir qilib bir ish boshlaydi. Borini shu ishga tikadi. Bir oz ishlagandan keyin qo’liga yaxshi pul kela boshlaydi. Ish boshlash uchun olgan qarzlaridan qutuladi. Lekin daromadi endi ko’paya boshlaganda o’zini boyvachcha sanab kayfga beriladi. Ichkilik ichadi, qizlarga ilakishadi, ortiqcha xarajat qila boshlaydi. Natijada haligi ishi ham to’xtab qoladi, pulning kelishi to’xtab qoladi, shu vaqtgacha yiqqan pullari ham sarflanib bo’ladi. Oxir oqibatda kishi yana qashshoq bo’lib qoladi. Tanish holatmi? Demak, kishining boy bo’lishida uning yuksak odob-ahloqda bo’lishi muhim o’rin tutadi. O’qimishli, tartibli, din-diyonatli kishilar, eng muhimi vidjonan yomon yo’llarda yurishdan o’zini tutib tura oladigan kishilargina qo’llariga boylik kela boshlagan vaqtda uni ko’paytirishni uddalay olishadi. Shunday ekan, ikkinchi qoida – biror kishiga yaxshi ishlash orqali pul kela boshlasa, uni keraksiz o’yin-kulguga sarflamaslik, hali o’n beshta kam boy bo’lmasdan turib o’zini dunyo qiroliday tutmasligi kerak. 
Boy bo’lishning yana bir muhim sharti – bu qonun-qoidani buzmaslikdir. Kimlardir qonunni chetlab o’tib katta daromadga erishaman, deb o’ylaydi. Bu noto’g’ri narsa. Hali hech kim jinoyat izidan boy bo’lmagan. Kishi qonunni buzib, jinoyat yo’li bilan biror kichik mablag’ga ega bo’lishi mumkin, ammo shu qo’lga kiritilgan boylik vaqti kelganda 10 baravar ko’proq bo’lib chiqib ketadi. Boy bo’lishning shunday yo’lini qidiringki, orttirgan boyligingiz zamirida kimdandir yashiradigan aybingiz bo’lmasin. Uchinchi qoida – boy bo’lish uchun ko’nglingiz har doim hotirjam bo’lishi juda muhim ekanligini unutmang va har doim qonun-qoidaga ko’ra ish tuting! 
Boy bo’lishning eng oxirgi, muhim va bundan keyingi barcha shartlarini o’zida mujassam eta oladigan sharti – bu o’rganishdir. Boy bo’lishni xohlaysizmi? Ilmingizni oshiring! O’rganing! Ilm olish, ilmli bo’lish boylik olib keladi. Bu tarixda ham, bugungi kunimizda ham qayta-qayta isbotlangan, isbotlanayotgan haqiqatdir. 
Har kimga o’zi xohlagan boylik nasib qilishini va bu boylik o’z egalari hamda yaqinlari uchun faqat xayrli bo’lishini tilayman!

Категория: Qanday Qilib? | Просмотров: 1613 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Введите код: *
Хостинг от uCoz