Èíôîðìåð òóò áóäåò
Главная » 2015 » Июнь » 01 » " Andisha "
20:53
" Andisha "

Zaiflik - bu tushuncha hozirda mening vujudimda barq urmoqda. Tanamni zaiflik, ruhimni esa tushunkunlik qamrab olgan, avvalgi sho'x - shodon yurishlarimdan esa hech vaqo qolmagan, ochig'ini aytaman o'zim bu hodisalarga umuman tushunmayabman... Sokinlik, tanam va ruhim uchun bu tushuncha mutlaqo zid sanaladi, yuragim allaqanday xisdan jumbushga kelgandek hapqirib uradiyu lekin tanam buning aksini ifodalamoqda, har bir olayotgan nafasim dimog'imni alanga misol kuydirmoqda, bu nedan dalolat? Tushunib bo'lmas fikrlar, javobsiz savollarim shu qadar ko'pki bularni hech nima bilan o'lchab yohud qiyoslab bo'lmaydi, insonlardek fikrlashdan mutloq yiroqman, boshimni quyi solganimcha atrofdan o'zim uchun najot qidiramanu, biroq kimdandir yordam so'rashga andisha qilaman. Ikkilanish, beqarorlik, andisha, bu tushunchalarni ilgari tahlil qila olardim, hozir esa yo'q. Kimdandir yordam so'rash ilinjida uning ortidan ergashaman, ko'chada va yo'limda uchragan har qanday odam mening haloskorimdek tuyulaveradi, o'zimda jur'at topib u tarafga qarab qadam bosaman, ikkimizning oramizdagi masofa ikki qadam qolganida, ongim tanamni to'xtatadi va hayolimda ikkilanish paydo bo'ladi, haloskorimga bir muddat termulib turamanda so'ngra undan uzur so'rab yana yo'limda davom etaman, meni qiynayotgan va ich etimni yeyotgan bu fikrlarimni kim bilandir o'rtoqlashgim keladi, ammo andisha qilaman, extimol bularning bariga o'sha voqea sababdir, tag'in bilmadim. Jumboqli gaplar, kafolat berib aytamanki siz hech nimaga tushunmadingiz, ichimni bir dard qiynaymoqda, buni nima ekanini hali o'zim ham tushunmadim, vujudimda yana ikkilanish. Yuqoridagi jumlalarimga ko'z yugurtirib extimol meni sevib qolgan deya hayol qilayotgandirsiz, hayol sizniki istaganingizni o'ylang, biroq bu sevgi dardi emas, bu dard mutlaqo sizga begona... Ko'chadagi mish - mishlarga quloq tutadigan bo'lsam, bu binoning qurilish vaqtida besh kishi qurbon bo'lgan, aytishlaricha qon to'kilgan maskanda yana qon to'kilishi ko'p bor kuzatilar ekan, biroq men bunday gap so'zlarga mutlaqo ishonmayman, shunchaki irim deya qabul qilaman, extimol hayotda o'zimga bo'lgan ishonchim kuchliligi uchun shundaydir, nima bo'lganda ham bu mening e'tiqodim va dunyoqarashim. Erta tongdan o'sha binoga ish uchun ketar ekanman, hotirjamgina uyimni tark etaman. Kunim har gal bir xil o'tadi, yana o'sha tanish chehralar, yana o'sha bino, yana o'sha asabiy hamkasblar, yana o'sha xona, yana o'sha ish stoli, yana o'sha qog'ozlar... Hamkasblarim ham nuqul qayoqqadir shoshgani shoshgan, men esa xotirjamgina o'z joyimga joylashib, qog'ozlarga birma - bir, diqqat bilan ko'z yugurtirib chiqaman, nazarimda bular hech qachon tugamaydigandek. O'sha kuni ish vaqtim cho'zilib ketdi, qog'ozlarni barini ko'rib chiqib o'z hulosamni bildirishim haqidagi buyruqni eshitganimdan so'ng ishimni tugatib so'ngra bamaylixotir uyga ketaman degan fikr keldi va o'z ishim bilan mashg'ul bo'ldim. Adashmasam yarim tunga qadar ishladim va hulosam yozilgan qog'ozni ish stolim ustida qoldirib ketishga chog'landim, ish joyimga birrovga ko'z yugurtirar ekanman, ikkinchi qavatdan kimningdir qadam ovozlari eshitila boshladi, biroq bunga e'tibor ham bermay ish joyimni tark eta boshladim. Nixoyat eshik oldiga yetib keldim, biroq yana o'sha qadam tovushi meni ikkinchi qavatga nazar tashlashimga majbur qildi. Oppoq libos kiyib olgan allaqanday kimsa bamaylixotir ikkinchi qavatda sayr qilib yuribdi, u shu qadar xotirjam ediki, men tarafga qayrilib ham qaramadi, men uni orqa tarafidan ko'rganim bois yuzini ham ko'ra olmadim, u erkak yoki ayol buni ham bilmayman, vujudimni allanechuk tuyg'u qamrab oldi - " qo'rquv ". Bu yerdan ketishni yoki uning ortidan ergashishni ham bilmayman - " ikkilanish ". Biroz muddatdan so'ng charchaganman deya ketishga chog'landim - " dalda ". Uyga ham yetib keldim biroq hayolimdan hech ham uni ketkaza olmayman, ko'zimni yumdim deguncha uning orqa tarafidan ko'ringan siymosi gavdalanaveradi. Bir hafta hayotim shunday o'tdi, gohida uni ish joyimda kunduz kunida ham ko'raman, har gal orqa tarafidan, nega u menga orqa o'girib ketadi? Hamkasblarimdan ham uni ko'rayotgani yoki ko'rmayotgani haqida so'ragim keladiyu iymanaman - " andisha ". Hech kim bilan hamfikr, suhbatdosh bo'lmayman, nuqul yolg'iz qolgim kelaveradi, bu azoblar qachon barham topadi bilmayman. Vujudimni allaqanday bo'shliq qamrab olgandek go'yo. Tanam va ruhimdagi bunday bo'shliq hozir meni o'z domiga tortib ketadigandek tuyulaveradi.Nazarimda bugun mana shu bo'shliq meni o'z qariga olib ketadi va bu azoblarning barchasiga shu bugun nuqta qo'yiladi... E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 963 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Введите код: *
Хостинг от uCoz