20:51 " Ajal sari bir qadam " 5 - qism. Oxirigi Qism |
Shunday qilib men uydan chiqib ketdim. Donyorning uyigacha unchalik uzoq bo'lmagani bois yayov ketishlikni maqul topdim. Donyor bizdan to'rtta mahalla narida turar edi, lekin hozir borganim bilan u uyidami yoki yo'qmi buni bilmayman. Negadir hayolimga birinchi kelgan fikr uning oldiga kelishlik bo'lgani uchun ham shunday qildim ya'ni o'sha tarafga qarab yo'lga chiqdim. Kunduzgi soat o'nlar chamasi Donyorning uyiga yetib keldim va uni chaqirdim, baxtimga u uyida ekan. - Keling Muzaffar aka! - Donyor sizdan maslahat so'rash uchun keldim! - Qani uyga kiraylik Muzaffar aka! Donyor shu gapni aytgunga qadar men darvoza oldida turgandim, u shunday deya ichkariga yo'l boshladi, men ham itoatkorona uning ortidan ergashdim. - Avvalo hush kelibsiz Muzaffar aka! - Rahmat hushvaqt bo'ling Donyorbek! - Sizga qanday yordam bera olaman? - Ochig'ini aytsam Donyorbek menga hech qanday yordam bera olmasangiz kerak! ( Muzaffar o'zi bilan sodir bo'lgan hamma hodisalarni oqizmay tomizmay Donyorga so'zlab berdi ) Donyor mening gaplarimni diqqat bilan tinglab o'tirardi, men o'z hikoyamni tugatganimdan keyin ham biroz o'yga tolganini sezish u qadar qiyin emasdi. Men o'z so'zimni aytib bo'ldim hamki oraga yoqimsiz sukunat cho'mdi, Donyor taxminan besh daqiqa davomida sukut saqlab o'tirdi. Men esa unga iltijoli termulib turishdan nariga o'ta olmas edim. Chunki yuragimning tub tubidan Donyor hozir menga birorta jo'yali maslahat bera olishiga ishonar edim. Bu orada Donyor o'ng'aysizlana gap boshladi. - Gaplarizga qaraganda men uchun bunday holat begona Muzaffar aka, lekin tushkunlikka tushmang, nima ham derdim Muzaffar aka sizga yaxshisi bir voqeani aytib beraqolay. Bir oy muqaddam yonimga bir nuroniy otaxon keldi va u ham huddi sizda sodir bo'layotgan voqelikni so'zlab berdi, tan olaman bunday holat men uchun begona edi. Boshim qotib qolganidan otaxonga jo'yali javob ayta olmadim, lekin otaxonni noumid qo'ymadim, muborak suralardan o'qib unga dam soldim. Otaxon biroz bo'lsa ham tinchlanganday bo'ldi va uydan chiqib ketdi. Oradan uch kun o'tib o'rta yoshli kishi meni janoza o'qib berishim uchun olib ketdi, keyinchalik bilsam men janoza o'qigan odam o'sha huzurimga kelgan nuroniy otaxon ekan. Tushunishimcha u ham siz ham ajal bilan to'qnash kelgansizlar Muzaffar aka, bizning bilimlarimiz bu sirlarning hammasini ochishlikka ojizlik qiladi! - Sizningcha qancha umrim qoldi Donyorbek? - Bu faqat yolg'iz Allohga ayon Muzaffar aka, qancha umr ko'rishligimizni u belgilaydi, yaxshisi uyizga boring, yaqinlaringiz davrasida bo'ling, ko'proq savob ish qilishga harakat qiling, zero anashu savob ishlaringizning ajirini mahshar kuni albatta topgaysiz. Sizga yordam bera olmaganimda juda - juda afsusdaman Muzaffar aka! Donyorning bu gaplaridan keyin men nima deyishni ham bilmay qolgan edim. Gapiray desam tilim ham aylanmasdi, go'yoki men falaj bo'lib qolgan edim. Tanam o'zimga bo'ysunmas, bu tanani boshqarish uchun esa menda ortiq kuch qolmaganini ham faxmlagan edim. Birorta ham so'z aytmasdan Donyorning uyidan chiqdim va uyga qayta boshladim. Bilasizmi shu onda ko'zlarimga butun olam zulmatdan iboratdek tuyulardi, aksiga olib esa meni mana shu zulmatdan birorta ham kimsa qutqarib ola olmas edi. Uyga qanday qilib yetib kelganimni ham bilmasdim, inson o'z o'limi tez orada sodir bo'lishi haqida birovdan eshitsa umuman o'zgacha holatga tushib qolar ekan... Yarim tunga qadar umuman uhlay olmadim hayolimdan negadir Donyorning gaplari ketmas edi. Hozir ko'zimni yumsam keyin hech qachon qayta uyg'onmaydiganga o'xshardim. Kecha yaxshi uxlolmaganim uchunmi yoki boshqa bir sababdanmi ko'zim ilindi. Shu onda xonam eshigi asta ochildi kimdir oxista qadam tashlaganicha men tomonga yaqinlashib kela boshladi. Oxistagina tashlanayotgan qadamlarni uning ovozidan ham bilish qiyin emas edi. Chunki uydagilar yurib kirganida poldan gursillagan ovoz eshitiladi, bunga bir necha marta guvoh bo'lganman, lekin hozirgi tashlanayotgan qadamlarning ovozi avvalgilaridan tubdan farq qiladi, ko'zimni ochishga harchand urinmay aslo buning uddasidan chiqa olmasdim, bu ne ko'rgulik? Bu orada qadamlar sohibi esa mening yonimga yetib keldi, u nima qilmoqchi? Nima qilmoqchi bo'layotgan bo'lsa ham, lekin juda paysalga solmoqda, ortga surishdan ne naf? Ahir Donyorning gaplariga qaraganda mening o'limim yaqin ekanku, bordiyu xozirgi kelgan kutilmagan mehmon o'zimning ajalim bo'lsa uni qarshi olishga men hali tayyor emasman, lekin mening tayyor yoki tayyor emasligim uni qiziqtirmasligini ham juda yaxshi bilaman. Bu orada kutilmagan mehmon mening yonimda hech narsa qilmasdan o'tirar edi, uning o'tirayotganini ham xis qildim, butun tanam bilan uning har bir harakatlarini xis qilmoqdaman, hoynaxoy u ham meni xis qilayotgandir, buni o'zidan so'rash xozirda biroz noqulay bo'lmoqda, aniqrog'i men bunga jurat qila olmayabman, chunki bu meni ajalimga o'xshamoqda. Ayni shu damda quloqlarim ostida uning olayotgan har bir nafasi eshitilib turibdi. Nima qilishni ham bilmay qoldim, bordiyu bu ajal bo'lsa undan qochib qutula olmasligim turgan gap, chunki hech bir inson o'z ajalidan qochib qutula olmagan, uning navbatdagi harakatlarini kutib o'tirishga esa mening yuragim dov bermas edi. Tobora qo'rquv va daxshat iskanjasida qolmoqdaman, o'zimni huddi bepayon sahrolarda bir piyola suv uchun borini beradigan tashna yo'lovchi kabi his qilyabman. Bu hislar menda qayerdan paydo bo'layotganini ham bilmayman, naxotki hammasi uning tashrifi uchun bo'layotgan bo'lsa? Notanish va kutilmagan mehmonning har bir olayotgan nafasini eshitib yotishlik naqadar og'ir va daxshatli ekanini bilsangiz edi. Uning olayotgan har bir nafasi shu qadar sovuq va sassiz ediki umrimda bunday nafasni hech ham tuymaganman. U nimanidir kutmoqda, ammo nima ekanini o'zidan boshqa hech kim bilmaydi, shu onda u o'tirgan joydan g'alati ovoz eshitildi, huddi kimdir tomoq qirganday yoqimsiz ovoz, lekin yaxshiroq e'tibor bilan quloq solganimda bu ovoz ko'proq hey deya chaqirayotganga o'xshardi, bu ovoz bir necha marotaba takrorlanganiga qaramasdan, men aslo ko'zimni ochib, u tarafga razm solishlikni istamas edim. Uning bu harakatlaridan bir narsani faxmladimki, demak uning maqsadi meni o'ziga qaratish, ko'zimni ochishlikka majbur qilish, lekin bunda qanday ma'no yashiringan? Yuragim borgan sayin shoshib, tez urmoqdaki go'yoki hozir ko'ksimdan otilib chiqib ketadigandek, nihoyat kutish ham uning joniga tekgan ko'rinadi asta o'rnidan tura boshladiyu, kutilmaganda u menga tashlandi. O'zimni shu qadar chorasiz va ilojsiz xis qilar edimki buni so'z bilan tariflay olmayman, butun tanam zirqirab olovli og'riqni xis qilmoqda, xattoki nafas olishga ham madorim yetmasdi, birdan atrofim nur bilan yorishib ketdi... - Qaytishing muborak o'g'lim! - Oyi menga nima bo'ldi? - O'g'lim hozir kasalxonadasan, sen avtohalokatga uchrading, bir haftadan buyon hushsiz yotganding! Oyimning bu gaplaridan keyin o'zimni ancha xotirjam sezdim, ammo ana shu hushsiz yotganimdagi xodisalarni qanday izohlashni ham bilmayman, aytishlaricha xushsiz yotgan vaqtimda ham tanam bir necha marta qimirlabdi, ya'ni to'lg'ongan ekan. Doktorlarning aytishicha men ajal og'zidan qaytib kelibman, bundan ko'rinib turibdiki Alloh mening o'limimni hohlamadi va menga yana bir marta imkon berdi, o'sha kundan boshlab men o'zgardim, endi men avvalgidek kayfu safoga berilgan Muzaffar emasman... E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! |
|
Всего комментариев: 0 | |