Eshitilayotgan ovozga yaxshilab razm sola boshladim. - Muzaffar tur o'rningdan! - Oyi yana biroz uxlay? Garchi ulg'ayib qolgan bo'lsam ham onamga bolalarcha erkalanib gapirdim. Har galgidek onam mening bu injiqliklarimni ko'tarar va bir og'iz ham gapirmasdan rozilik alomatlarni bildirar edilar. Shu onda xona chetidan yana o'sha bo'g'iq ovoz eshitila boshladi. - Yaxshi emas Muzaffar! - Lanati senga nima kerak o'zi? - Bugun oxirgi kuning ham bo'lishi mumkin, hamma narsaga ulgura olasanmi? Uning bu savoliga nima deb javob berishni ham bilmas edim. Negadir uning bu savoli miyyamda charx urib aylanavermoqda, bu holatga ortiq bardoshim yetmasligini anglaganimdek ikkala qo'limni mahkam ushlaganimcha, cho'kkalab o'tirib olib ovozim boricha qichqirar edim. Nega bunday qilayotganimning yagona sababi mavjud, bu ham bo'lsa miyyamda charx urib aylanayotgan o'sha savolni chiqarib yuborish uchun. Shu onda onam xonamga yugurib kirdi. - O'g'lim senga nima bo'ldi? - Bilmayman oyi hayolimga qandaydir fikrlar o'rnashib qolgan, men uchun go'yo bugun so'ngi kundek tuyulyabdi, ixtiyorim o'zimda emasdek oyi menga nimalar bo'lmoqda? ( Muzaffar bu gaplarini ko'zlarida yosh bilan tarkorlar edi. O'g'lining ruhan ezilayotganini ko'rgan bechora onayi zorning ham ko'zlariga yosh qalqidi. ) - Meni qo'rqitma jon bolam, hammasi yaxshi bo'ladi biroz orom ol! - Faqat siz ketib qolmang oyi shu yerda yonimda bo'ling, yonimda bo'lasiza? - Ha bolam men yoningdaman endi esa uxla! Onamning bu gaplaridan ko'nglim biroz bo'lsa ham taskin topdi. Onam sho'rlik ko'zlariga yosh qalqiganiga ham men nodon sababchiman, chunki u mening xozirgi holatimni ko'rib qo'lidan hech narsa kelmayotganiga, menga hech qanday yordam bera olmayotganiga, chorasizligidan qalbi larzaga kelib yig'ladi. Haqiqiy onalik mehrini hech qachon, hech narsa bilan o'lchab va hech nimaga tenglashtirib bo'lmas ekanini tushunib yetdim. Onamning yonimda ekanligi uchungina batamom uyquga ketdim. Qancha muddat uxladim bilmayman, birdan atrofim nur bilan yorishib ketdiyu, kutilmaganda o'sha nur qayoqqadir g'oyib bo'ldi va birdaniga qancha rangni ilg'ashning imkoni bo'lsa huddi o'shancha rang atrofimda aralashib ketdi va o'sha ranglar jilosi oralab qora yopinchiq kiygan o'ndan ortiq nomalum kimsalar men tarafga qarab asta qadam tashlaganlaricha yurib kelishar edi. Ular har tarafdan chiqib kelar, chor atrofimni butunlay qurshab olishdi, ular yurishdan to'xtashdi va aylana shaklida meni o'rab turishibdi, men esa mana shu aylananing markazida chorasizlikdan har tarafga alanglashdan nariga o'ta olmas edim. Ularning har birining qo'lida qandaydir kitob mavjuda hamda o'sha kitobni ikkala qo'llari bilan mahkam ushlaganlaricha ko'krak qismiga qo'yib turishar edi. - Onang juda mehribon ekan Muzaffar! Ovoz qayerdan kelayotganini
faxmlashning imkoni yo'q, chunki meni o'rab turgan kimsalar yerga qaraganlaricha tosh qotib turishar edi. Aksiga olib ularning hech birining yuzini ko'ra olmasdim. Ovoz esa butunlay boshqa tarafdan eshitilmoqda, bu o'sha, yana bo'g'iq va yoqimsiz ovoz. -- --- Qayerdasan? - Men har doim sening yoningdaman, ammo sen buni sezmayabsan Muzaffar! Tobora meni o'zgacha his tuyg'ular
chulg'ab olmoqda, bu his tuyg'ularni so'z bilan ifoda etolmayman, chunki ular menga butunlay begona va men bunday tuyg'ularni umrim davomida hech qachon tuymagan edim. - Nima qilsam meni tinch qo'yasan, menga asl qiyofangni ber? Mening kutilmagan bu savolimdan keyin u negadir jim bo'lib qolgandi. U rostdan menga o'z qiyofasini namoyish etmoqchimi yoki yo'qmi buni aniq ayta olmasdim. Ayni shu damda atrofimni o'rab turgan kim yoki nima ekani malum bo'lmagan notanish kimsalar birin ketin g'oyib bo'la boshladilar, ya'ni faqatgina ularning tanalar qo'llaridagi kitob birga atrofimdagi ranglar jilosiga uyg'unlashib ketishdi. Ularning
yopinchiqqa o'xshagan kiyimlari esa o'z joylarida yerga yoyilganicha qolib ketgan edi. Ochig'i ularnin g'oyib bo'lishini u qadar yaxshi, aniq va tiniq ko'ra olmadimu, lekin qum zarralariga o'xshash qandaydir mayda zarrachalar yopinchiqlar orasidan uchib chiqib, ko'zni qamashtiradigan ranglar jilosiga qo'shilayotganini ko'rdim. Bu orada mening atrofimni chulg'ab olgan o'sha g'alati hodisalar birozga bo'lsa ham meni tark etganidan juda - juda hursand edim, ammo hursand bo'lishga hali vaqtli ekanini anglab yetganimda qo'rquvdan yuragim yorila yozdi. Mendan u qadar uzoq bo'lmagan joyda qora odamsifat narsa menga tikilib qarar turar edi. Uning tashqi ko'rinishini kishiga u qadar maqbul tushmasligi turgan gap, masalan menga ham maqbul tushmadi. Uning butun azoyi badani qora rangdagi yung bilan qoqlangan, ko'zlari esa olovrang tusda tovlanar edi. Bu narsani nima dep atashni ham bilmayman, uning termulib turishidan yuragim qinidan chiqib ketayozgudek shoshib tez urar edi. Kutilmaganda u ham qayoqqadir g'oyib bo'ldi, uning har bir qarashida ( menga tikilib turishida ) qandaydir ma'no yashiringan, ming afsuslar bo'lsinkim, men mana shu ma'noni hech ham anglab yeta olmas edim. U mana shu qarashlari bilan ham menga nimanidir bildirmoqchi ekanini bilar edim, lekin
aynan nima ekanini hech ham aqlimga sizg'dira olmadim. Bu orada chor atrofni qandaydir temir buyumning o'tkirlanayotgan ovoziga o'xshash tanish ovoz tutib ketdi. To'g'rimda shu ovoz eshtilsa chap tarafimda esa o'sha notanish kimsalar ko'rinar, o'ng tarafimda esa ana shu qora yungli maxluq menga tikilib qarab turar, orqa tarafimdan esa temir buyumning qattiq taraqlagan ovozidan qulog'im qomatga kelay der edi. Birdan hammasi tugadi va men qichqirib uyg'onib ketdim, hayriyat tushim ekan. Onam esa hali ham mening yonimda o'tirgan ekanlar, bu keskin harakatlarimdan onamni qo'rqitib yubordim. - O'g'lim yana nima bo'ldi? - Hech nima oyi shunchaki bexosiyat va alg'ov dalg'ov bir tush! - Yuragimni yorib yuboray dedingku! - Kechiring oyi! Onamga shunday deganimcha
shoshib o'rnimdan turdimda uydan chiqib ketishga tayyorlana boshladim, buni sezga onam meni yana savolga tutdi. - Shoshib qayerga ketayabsan bolam?
- Donyorning oldiga tezda qaytaman... Davomi bor!!!
|