20:47 " Ajal sari bir qadam " 3 - qism. |
Bu tag'in nimasi bo'ldi? Extimol ukam yana birorta kuchukbolani yetaklab kelgandirda degan hayolda joyimdan qimirlamay yotaverdim. Taxminan yarim soat mobaynida hayolimdan negadir hayotim davomida qilgan ishlarimni o'zimcha sarxisob qila boshladim, ming afsuski ko'krak kerib men mana bu ishni qoyilmaqom qilib bajarganman deya baralla ayta oladigan birorta muhim sababni topa olmadim. Shu onda negadir bobomning gaplari yodimga tusha boshladi : " It bor uydan farishtalar qochadi " Bobom rahmatli doim shu gaplarini juda ko'p takrorlar edilar, ammo bobomning bu gaplariga ukam quloq solmay uyga kuchukbola yetaklab kelar edi. Har gal ukam uyga kuchukbola olib kelganida bobom uni ko'chaga haydab solardi, bobomning o'limidan keyin dadam bobomning gaplarini tez - tez qaytaradigan bo'lib qoldilar ayni shu damda ukam yaqin bir oydan buyon uyga kuchukbola olib kelmagani yodimga tushdi va darxol kravat ostiga nigoh tashladim, ming afsuslar bo'lsinkim kravat ostida hech narsa yo'q edi. Agar kravat ostida hech narsa bo'lmasa unda mening oyog'imga tekgan narsa nima edi? Yoki ukam uyga yashirincha kuchukbola olib keldimikin? Yoki menga shunday tuyuldimikan, ya'ni aslida ham kravat ostida hech narsa bo'lmagan, hayol bilan bo'lib miyyamga shunday narsa o'rnab qolgan. Extimol bu o'sha notanish suhbatdoshimdir? Shunday hayollar og'ushida uxlab qolibman, oradan ko'p vaqt o'tmay qulog'imga yana o'sha tanish ovoz eshitila boshladi : - Muzaffar yana bir ko'rinishim senga yoqdimi? - Demak kravat ostidagi sen eding shundaymi? - Bo'lmasa kim, ahir ukang uyga it olib kelmay qo'yganku! - Nega oshkora ko'zimga ko'rinmaysan? - Shunchalik qiziqayotgan bo'lsang nega o'sha vaqtda kravat ostiga bir nazar tashlamading, yoki qo'rqdingmi? - O'zi mendan nima xoxlaysan, ochig'ini ayt? - Hammasini tez orada bilib olasan Muzaffar! U shunday deya o'z so'zini yakunladi, u negadir yoqimsiz va yo'g'on ovozda gapirardi. Uning har bir so'zini tinglar ekanmantanamda qandaydir o'zgarishni his qilardim, ya'ni huddi butun azoyi badanimda hashorat o'rmalayotgan tanam jimirlardi. Atrofim esa zimziyo qorong'ulik, oradan ko'p vaqt o'tmay o'sha qorong'ulikda, uzoqdan bir oq narsa miltirab shula sochar edi. Men anashu nur taralayotgan tarafga qadam tashlay boshladim, yo'lning adog'i hech ham ko'rinmas, yorug'lik esa yurganim sayin mendan uzoqlashib borardi. Shu onda ortimdan kimdir ushladi, mening yelkamni tutib turgan qo'llar huddi murdaning qo'llaridek sovuq va juda ham qattiq edi. Kutilmaganda o'sha qo'l meni ortimga qarata sudray boshladi. Men esa ovozim boricha qichqira boshladim... Ukamning ovozi boricha gapirishidan uyg'onib ketdim. - Aka turing, sizga nima bo'ldi? - Hech narsa tinchlikmi? - Ha tinchlik telefoningizni joyiga qo'ygani chiqgandim, siz esa huddi bo'g'ilayotgan odamdek g'alati ovozlar chiqarayotgandiz, qo'rqib ketdim! - Qo'rqma, shunchaki yomon tush ko'ribman ( Agar haqiqatdan ham tush bo'lsa )! - Bezovta qilgan bo'lsam uzur aka! - Hechqisi yo'q, qaytanga uyg'otganing yaxshi bo'ldi, aytgancha uyga maboda kuchukbola olib kelmaganmiding ko'zim tushgandek bo'ldi? - Yo'q, sizga shunday tuyulgandir, ahir dadam ruhsat bermayabdilarku! - Rostini ayt hech kimga aytmayman! - O'lay agar chin so'zim aka! - Mayli bor damingni olaqol! Ukam tasdiq ifodasi boshini qimirlatdida o'rnidan turib kirib ketdi. Umuman olganda men, ukam ha uyga kuchukbola olib keldim deya javob berishini juda - juda xoxlagandim, lekin ming afsuski bunday javob ola olmadim. Bu orada o'ng yelkam qattiq og'riyotganini his qildim. Yelkamdagi og'riq menga tinchlik bermayotgan edi. Bu og'riq qayerdan paydo bo'lganini ham bilmasdim. Og'riq kuchidan ha deganda hayolimga durustroq fikr ham kelavermasdi. Kutilmaganda miyyamga o'ng yelkamga qarash fikri kelib qoldi, aksiga olib hali tong otmagani bois hech narsani aniq ko'rib bo'lmas edi. Og'riq shu qadar kuchli ediki buning natijasida ko'zimga uyqu ham kelmasdi, o'zimni avrash uchun hayolimni boshqa tarafga chalg'itishga umuman boshqa narsalar haqida o'ylashga astoydil urunib ko'rdim, biroq mazkur vazifani hech ham uddasidan chiqib bo'lmas edi. Yelkam zirqirab og'rimoqda, buni eslamaslik uchun o'rnimdan turib, u yoq, bu yoqga yurib ko'rdim, baribir befoyda, ahiyri o'zimga boshqa ovunchoq topishga muyassar bo'ldim, ya'ni telefonimni olib kovlay boshladim, zum o'tmay bundan ham zerikdim. Keyin miyyamga ajoyib bir fikr keldi, hayolimga birinchi kelgan raqamga qo'ng'iroq qildim, go'shakni esa notanish bir qiz ko'tardi. - Allo! - Assalomu alaykum! - Va alaykum assalom, kechirasiz kim bu? - Hozirda kim ekanimni o'zim ham bilmayman! - Unda yaxshi qoling! - Biroz shoshmang! - Tinchlikmi, nima gapingiz bor? - O'zim shunchaki, nima haqida bo'lsa ham biroz suhbatlashaylik, hozir menga har bir daqiqa bir asrdek tuyulyabdi! - Bu yog'i qiziq bo'ldiyu, tanimagan, bilmagan odamim bilan nima haqida ham suhbatlashaman! - Men gapiraman siz tinglang! - Nega endi? - Shunchaki eshiting, nima bu shunchalik qiyinmi? - Ha biroz! - Nimadandir bezovta bo'laman, lekin o'sha meni bezovta qilayotgan narsa nima ekanini o'zim ham bilmayman, sizda ham hech shunday hol kuzatilganmi? - Qoyil, ajoyib gapirding Muzaffar! Shoshib go'shakni qo'ydim, negadir qo'llarim huddi tutqanog'i tutgan odamning qo'llaridek tinmay qaltirar edi. Butunlay qo'rquv iskanjasida qoldim, negaki gaplarim so'ngida telefon go'shagidan o'sha notanish suhbatdoshimning yoqimsiz va bo'g'iq ovozini eshitgan edim. Tinmay faqat bir savolni takrorlardim, qanday qilib? Telefonimni yana qayta qo'limga olishga yuragim dov bermas edi. Bu orada telefonim jiringlay boshladi, nixoyat o'zimda g'oyibdan kuch topib telefonimni olishga erishdim, o'sha men qo'ng'iroq qilgan notanish raqamdan qo'ng'iroq bo'lmoqda, chuqur bir xo'rsindimda, go'shakni istamaygina ko'tardim. - Eshitaman! - Nega go'shakni qo'yib qo'yding, seni qo'rqitib yubordimmi Muzaffar? Yana o'sha ovoz qulog'imga chalindi, ortiq sabrim qolmadi, qichqirganimcha qo'limdagi telefonni uloqtirib yubordim. Nega bunday qilganimni sira tushunib yetolmayotgan bir vaqtimda uch metr narida sochilib ketgan telefonim yana jiringlay boshladi. Toqatim toq bo'lganini o'zim ham sezdim va darxol uyga ukamning oldiga kirib ketdim, uyga kirishim bilan ukam yana gap boshladi. - Aka sizga nima bo'ldi? - Rosti o'zim ham bilmayman, nega uhlamading? - Uhlagandim, sizni qichqirganizni eshitib uyg'onib ketdim va nimaningdir singan ovozi eshitildi! - Qo'yaver juda ham asabiy bo'lib qoldim! Shunday deya ukamga teskari qarab yotib oldim, butun vujudim bilan ukam menga savol aralash achinish nigohi bilan termulib turganini his qilar edim. Shu yotishda qancha yotdim bilmayman, lekin tashqaridan uy ichiga kirganimda ko'chada xo'rozlar qichqirayotganini eshitgandim. Majburiy ko'zimni yumib yotishim natijasida uxlab qolibman. Ertalabdan qulog'imga qandaydir ovoz chalina boshladi. - Muzaffar o'rningdan tur... Davomi bor!!! |
|
Всего комментариев: 0 | |