Èíôîðìåð òóò áóäåò
Главная » 2015 » Июнь » 01 » "Ajal sari bir qadam " 2 - qism.
20:46
"Ajal sari bir qadam " 2 - qism.

Nega bunday bo'layotganiga hech ham tushuna olmas edim, negaki bunday hol menda birinchi marotaba kuzatilayotgan edi. Nimalar sodir bo'lishiniyu hozir qanday voqea bo'layotganini ham taxmin qila olmasdim. Bu orada menga tanish ovoz yana yangray boshladi. - Ho'sh qalay, senga yoqayabdimi? - Sendan iltimos qilaman, bas qil! - Nima uchun to'xtashim kerak, bunga aqalli biror sabab keltirsang mayli to'xtaman! - Qanday sabab kerak senga bu holat menga yoqmayabdi, menga ozor berayabsan, iltimos qilaman shunchaki bas qilgin! - Ozor haqida hamma gapirsa ham sen gapirma Muzaffar, haqiqiy ozor va azob haqida sen nimani ham bilar eding? - Senga o'zi nima kerak? - Menga nima kerak, kel shuni aniqlashtirib olsak, extimol menga sening oliming kerakdir bunga nima deysan? Haqiqatdan ham u juda o'rinli savol berdi, men uning bu savoliga qanday javob berishni ham bilmasdim. Har qanday inson borki o'limi haqida eshitganida badanini o'zgacha bir hislar chulg'ab oladi, hozir menda ham shunday hol kuzatilayotgandi. Uning savoliga javob bera olmayotganimni bilgach, tanamda qandaydir olovli og'riqni his qila boshladim, ko'zlarimni hech ham ocholmasdim, meni o'zgacha xislar o'z girdobiga olgan bir vaqtda hammasi qanday boshlangan bo'lsa ana shunday yakunlandi. Qancha vaqt shu alfozda yotganimni bilmayman o'zimga kelganimda esa atrofimda hech qanday g'ayritabiiy narsa yo'q edi. Ko'zimni yana qayta ocha olganimdan shu qadar baxtiyor edimki bu hislarni so'z bilan ifodalab bera olmayman. O'rnimda yotganimcha chuqur - chuqur nafas ola boshladim. Bir muddat shunday qildim, birozdan keyin esa o'sha hodisalar nega aynan shu xonada sodir bo'layotgani haqida o'ylay boshladim. U kim bo'lishi mumkin? Nega aynan shu xonada bunday ishlar sodir bo'lmoqda? Yoki rostdan ham bu mening hayolot olamim maxsulimi? Agarda bu haqiqat bo'lsa nega u men bilan suhbatlashmoqda? Suhbatni boshlaganidan keyin nima uchun maqsadini ochiq bayon eta olmayabdi? Agarda buro'yo bo'lmaganida u men bilan suhbatlashib o'tirar edimi, albatta yo'q, chunki bu ortiqcha vaqt yo'qotish sanaladi! Yoki u meni ko'proq qiynalishimni xoxlaydimi? Nima bo'lganda ham bu ketishda aqldan ozmasam go'rga edi! Huddi telbalardek o'zim bilan o'zim suhbatlashayotganimga bir qarang, agar siz ham shu yerda bo'lganingizda ustimdan kulishingiz turgan gap edi. Uning gaplarini xotirlar ekanman negadir faqatgina bir so'zlari quloqlarim ostida jaranglamoqda, sen haqiqiy ozor va og'riqni bilarmiding. U mazkur savoli bilan menga nimanidir anglatmoqchi, yoki u menga qaysidir xatoyimni xotirlatmoqchi, lekin aynan qaysi xato? Xatolarim shu qadar ko'pligidan ularning hammasini ham eslay olmayman. Shu tariqa vaqt ham allamahal bo'ldi, lekin negadir uyqum kelmayabdi, bu ham bo'lsa anashu notanish suhbatdoshim meni yo'qlagani uchun bo'lsa kerak, ammo u rostdan ham bu yerga tashrif buyuradimi yo'qmi buni aniqlashtirib olishim kerak! Tinimsiz o'ylashlar natijasida miyyamga durustroq bir fikr ham kelmayotgan bir vaqtda tashqaridan ovoz eshitildi. - Aka uxlamadizmi? - Yo'q Mavlon kelaver, tinchlikmi? - Ha tinchlik, telefonizi berib tursangiz, menikini puli tugabdi! - Mayli olaqol, shoshma? - Eshitaman aka! - Buguncha sen meni xonamda yot, men esa tashqarida yotaman, telefonim ham senda qolaversin! - Siz nima desangiz shu aka! Shunday qilib ukam bilan o'rin almashdik, men uning o'rniga chiqib ketdim. U negadir ochiq havoda uxlashni hush ko'rardi, hovli o'rtasiga o'z kravatini olib chiqgandi. Men ham darxol uning joyiga keldimda o'zimni ikki qadam naridan uloqtirdim. Kravatga yotgancha yulduzlarga termulib o'zimning xotiralar saltanatimni kezib yurgan bir vaqtimda kutilmaganda oyog'im kravatdan tushib ketdi va kravat ostidagi qandaydir yungli, yumshoq hamda sovuqqina narsaga oyog'im tegdi... Davomi bor!!!ro'yo bo'lmaganida u men bilan suhbatlashib o'tirar edimi, albatta yo'q, chunki bu ortiqcha vaqt yo'qotish sanaladi! Yoki u meni ko'proq qiynalishimni xoxlaydimi? Nima bo'lganda ham bu ketishda aqldan ozmasam go'rga edi! Huddi telbalardek o'zim bilan o'zim suhbatlashayotganimga bir qarang, agar siz ham shu yerda bo'lganingizda ustimdan kulishingiz turgan gap edi. Uning gaplarini xotirlar ekanman negadir faqatgina bir so'zlari quloqlarim ostida jaranglamoqda, sen haqiqiy ozor va og'riqni bilarmiding. U mazkur savoli bilan menga nimanidir anglatmoqchi, yoki u menga qaysidir xatoyimni xotirlatmoqchi, lekin aynan qaysi xato? Xatolarim shu qadar ko'pligidan ularning hammasini ham eslay olmayman. Shu tariqa vaqt ham allamahal bo'ldi, lekin negadir uyqum kelmayabdi, bu ham bo'lsa anashu notanish suhbatdoshim meni yo'qlagani uchun bo'lsa kerak, ammo u rostdan ham bu yerga tashrif buyuradimi yo'qmi buni aniqlashtirib olishim kerak! Tinimsiz o'ylashlar natijasida miyyamga durustroq bir fikr ham kelmayotgan bir vaqtda tashqaridan ovoz eshitildi. - Aka uxlamadizmi? - Yo'q Mavlon kelaver, tinchlikmi? - Ha tinchlik, telefonizi berib tursangiz, menikini puli tugabdi! - Mayli olaqol, shoshma? - Eshitaman aka! - Buguncha sen meni xonamda yot, men esa tashqarida yotaman, telefonim ham senda qolaversin! - Siz nima desangiz shu aka! Shunday qilib ukam bilan o'rin almashdik, men uning o'rniga chiqib ketdim. U negadir ochiq havoda uxlashni hush ko'rardi, hovli o'rtasiga o'z kravatini olib chiqgandi. Men ham darxol uning joyiga keldimda o'zimni ikki qadam naridan uloqtirdim. Kravatga yotgancha yulduzlarga termulib o'zimning xotiralar saltanatimni kezib yurgan bir vaqtimda kutilmaganda oyog'im kravatdan tushib ketdi va kravat ostidagi qandaydir yungli, yumshoq hamda sovuqqina narsaga oyog'im tegdi... Davomi bor!!!

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 888 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Введите код: *
Хостинг от uCoz