Èíôîðìåð òóò áóäåò
Главная » 2015 » Июнь » 01 » " Ajal sari bir qadam " 1 - qism.
20:45
" Ajal sari bir qadam " 1 - qism.

- Inson nega bu hayotga keladi? Albatta sinov uchun! Insonning taqdiri uning peshonasiga yozib qo'yiladi degan gaplarni ham eshitganman, nega insonlar shunday o'ylayshadi? Menimcha bunday fikrlash biroz haqiqatdan yiroq, chunki taqdir deyilganda inson hayoti davomida qanday yo'l tanlashi tushuniladi, shunday ekan inson taqdirini o'zi yaratishi va qanday yo'lni tanlashi faqat o'zining ixtiyorida ekanini tushunish kerak, agarda insonning peshonasiga uning yaxshi yoki yomon yo'lni tanlashi bitilganida bu sinovli dunyoga uning kelishiga xojat qolmas va Jannat hamda Jahannamga insonlar taqsimlangan bo'lar edi. Bu mavzuda qancha fikr bildirmaylik barchasi noto'g'ri bo'lishi ham mumkin, chunki haqiqat faqatgina yolg'iz Allohgagina ayon zero barcha narsani bilishlik yolg'iz Allohga hos hislatdir! - Gaplaringizga qo'shilmoqlikdan o'zga choram yo'q ajoyib nutq so'zladingiz birodarim Donyorbek! - Rahmat, Muzaffar aka har galgidek bu safargi gaplarimni ham oxirigacha tingladiz! - Rahmatga hojat yo'q birodarim siz bilan suhbatlashish uchun kelgandim! Ular shunday deya xilvatroqda joylashgan xonaga o'zaro suhbatlarini davom etkazish ilinjida kirib ketdilar. - Ho'sh qanday shamol uchirdi? - Sizga qanday tushuntirsam ekana, qisqasini aytganda halovatim o'zimda emas, o'zimni juda horg'in va tasirchan sezyabman! - Muzaffar aka bu dunyoda halovatli odamning o'zi yo'q, hammamiz qayergadir shoshamiz, lekin borar manzilimiz to'g'rimi yoki noto'g'rimi buni bilmaymiz, havotirlanishga hojat yo'q hammasi o'tib ketadi! Donyorning bu gaplaridan keyin men nima deyishimni ham bilmay qolgan edim, umuman olganda u shunday bir so'z bilan yetarlicha isbot keltirib beradi, lekin men bilan sodir bo'layotgan hodisalar mening hayolot mahsulim emasligiga kim kafolat bera oladi? Hech kim, hattoki o'zim ham. Bu ishlar mening tushimdami yoki o'ngimdami bilmay qoldim, men tush va hayotni ajrata olmaydigan darajada fikrlaydigan bo'lib qoldimmi? Mening bukechinmalarim ortida qanday ma'no bor? Shunday qilib men o'z uyimga kelar ekanman, yo'l yo'lakay hech bir hayolga borgim ham kelmas edi. Uyga yetib keldim, ammo uyda hech qanday o'zgarish yo'q. Har bir burchakga sinchiklab qarar ekanman hech qanday ajabtovur hodisaga guvoh bo'lmadim. Oradan ancha vaqt o'tdi o'zimni butkul xotirjam seza boshladim, charchaganim sababmi yoki uch kundan buyon yaxshi uxlolmaganim sababmi ko'zim ilinibdi, shu onda g'ayrioddiy ovozdan uyqum ochildi. - Nega xotirjam va ko'ngling to'q xolatda uxlayabsan? - Kim gapirdi xozir? - Muzaffar meni qidirishing befoyda! - Ovozing menga tanishdek tuyulmoqda? - Unda eslab ko'r men kimman? Bu ovoz menga juda tanish, ammo harchand urinmay uning kimligini xotirlay olmas edim. Ayni shu onda tanamda o'zgacha bir haroratni his etdim, tanam astalik bilan sovub borar va bu dunyo mening ko'zimga torayib borgan sayin atrofim zimistonga aylanib borar edi... Davomi bor!!!

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 871 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий

Ваше имя:
Ваш E-Mail:
Введите код: *
Хостинг от uCoz